Uchtepada 3 kishini tuproq bosib qoldi

3-sahifa

image

Bugun, 11 oktyabr kuni soat 14:21 da Toshkent shahar Uchtepa tumani "Beshqayrag‘och" ko‘chasida oqova (chiqindi) suvlari uchun mo‘ljallangan chuqurlik (kotlovan) qazish vaqtida o‘pirilish sodir bo‘lib, 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketganligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan shahar FVBning 2 ta qutqaruv otryadining 16 nafar qutqaruvchilari tomonidan tuproq ostida qolib ketgan fuqarolarni qidiruv ishlari olib borilmoqda.

“Voqea joyiga shahar FVB, SSB, IIB rahbar xodimlari chiqishgan”, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Uchtepa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing