Uchtepada hokimning 33 yordamchisiga hayfsan berildi

Jamiyat

image

Uchtepa tumani hokimi mahallalardagi 60 nafar hokim yorldamchilaridan 33 nafariga hayfsan berdi. Hokimning bu haqdagi qarori aks etgan hujjat “e-qaror” portaliga joylashtirildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 aprel kuni “Mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish chora-tadbirlari hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar” ga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida, Uchtepa tumani mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman xokimi yordamchilari tomonidan olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz deb topilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining 2022 yil 11 fevraldagi topshirig‘iga (02-304-son 11.02.2022 y.) muvofiq bir necha mas’ul rahbarlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan. 

2022 yilda Uchtepa tumanini ishsizlik va kambag‘alllikdan holi xududga aylantirish bo‘yicha  “Yo‘l xaritasi” va shu asosda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlari ishlab chiqilib 7 ta yo‘nalish belgilab olingan. Ushbu ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” hamda 7 ta yo‘nalish bo‘yicha ishlar olib borish to‘g‘risidagi chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash, joylarda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan to‘plangan ma’lumotlarni "ONLINE-MAHALLA" platformasiga muntazam kiritib borish vazifasi hokim yordamchilariga yuklatilgan bo‘lib, joriy yilning 1-chorak yakuni bilan "ONLINE-MAHALLA" platformasiga kiritilgan ma’lumotlarni KPI baholash tizimida baholanib, tuman ko‘rsatkichidan tumandagi 60 ta mahalla fuqarolari yig‘inlari hokim yordamchilaridan 45 foizi (27 nafari) past baho olganligi aniqlangan.

2022 yilning 1-chorak yakunlari bo‘yicha ko‘rsatgichlari tumanning o‘rtacha ko‘rsatgichidan ham juda pastligi va markaz tomonidan berilayotgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmasdan o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib kelayotgan quyidagi hokim yordamchilariga:

 “A.Qodiriy” – (S.N.Fazliyev);

“Qo‘rg‘ontepa” – (A.S.Raupov);

“Xondamir” – (N.N.Usmonov);

“Jurjoniy” – (K.Z.Soipov); 

“O‘rikzor” – (N.I.Mirzayev);

“Oqmaschit” – (B.S.Qurbonov);

“Xojiobod” – (F.M.Karimov);

“Nurobod” – (S.D.To‘xtamurodov);

“Bog‘obod” – (X.B.Ro‘zimurodov);

“Qor yog‘di” – (B.S.Isayev);

“Bekobod” – (S.O.Jumaqulov);

“Ko‘ksaroy” – (I.E.Imambayev); 

“Tepaqo‘rg‘on” – (X.T.Jumayev);

“Alixonto‘ra Sog‘uniy” – (Yo.F.Xadjiyev);

“Tinchlikobod” – (S.I.Abduvaliyev);

“Ko‘kcha Oqtepa” – (M.I.Egamberdiyev); 

“Qoziguzar” – ( A.J.Qurbonov); 

“Chamanzor” – (A.Sh.Shamsiyev); 

“Yusuf Sakkokiy” – (I.X.Rahmatullayev); 

“Latifguzar” – (Sh.N.Nasrullayev); 

“Xuroson” – (K.Burxonov);

“Foziltepa” – (D.I.Karimov); 

“Sharq Yulduzi” – (T.B.Abdurahmonova);

“Taqachi” – (O.Yorqulov);

“O‘tkir” – (A. Shernazarov);

“Ko‘rkamobod” – (B.Boboqulov);

“Xurshid” – (M.M.Axmedov);

“Cho‘pon ota” – (J.Boymirov);

“Diydor” – (R.Noro‘o‘ziyev);

“Quyi Darxon” – (A. Arziyev);

“Sharq Guli” – (J.Soatov);

“Beshqayrag‘och” – (R.Qutliyev);

“Hayratiy” – (J.Jonibekov) mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi hokim yordamchilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasi 1-qism 1-bandiga muvofiq hayfsan e’lon qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

139

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing