Uchtepa tuman IIO FMBga boshliq tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 21 may kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga rahbar tayinlandi.

Polkovnik Sayfullo Nig‘matovich Ahmedov Toshkent shaxar Uchtepa tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani rahbariyati, mahalla raislari, ziyolilar va mas’ul shaxslari bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Shundan so‘ng, Uchtepa tumani hokimi, ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ini lavozimidan olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIB Uchtepa tumani

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing