Uchta viloyatda jami 18 ming tupdan ortiq ko‘knori ekkanlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
03 iyun 850 2 daqiqa
Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatlarida vertolyot yordamida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 18 ming tupdan ortiq ko‘knori va kannabis o‘simliklari aniqlanib, yo‘q qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, IIV va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan “Qoradori–2026” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Farg‘ona, Andijon hamda Toshkent viloyatlarida vertolyot yordamida nazoratli uchishlar amalga oshirilgan. Tadbirlar davomida jami 76 ta holatda 18 254 tup ko‘knori va 254 tup kannabis giyohvandlik o‘simliklari aniqlangan. Shuningdek, ayrim fuqarolar tomonidan ko‘knori somoni, ko‘knori boshog‘i va “marixuana” saqlab kelingani ham fosh etilgan.
Qayd etilishicha, tezkor tadbirlar jarayonida eng yirik holatlardan biri Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida qayd etilgan. 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z tomorqasida 5 415 tup ko‘knori yetishtirib kelayotgani aniqlanib, giyohvandlik o‘simliklari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Bundan tashqari, Quva tumanida bir ayol o‘z uy xo‘jaligida 4 600 tup ko‘knori parvarishlayotgani ma’lum bo‘lgan. Tekshiruv vaqtida xonadondan ko‘knori boshoqlari ham topilib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan tadbirda ham 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan 3 815 tup ko‘knori yetishtirilayotgani aniqlangan. Shuningdek, uning xonadonida 2 kilogramm ko‘knori somoni saqlanayotgani ham ma’lum bo‘lgan.
Toshkent viloyatidagi holatlardan birida esa qariyb 80 yoshli ayol o‘z tomorqasida 400 tup ko‘knori parvarishlab kelayotgani aniqlangan. Uning uyida ham giyohvandlik vositalari saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan.
Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, aniqlangan barcha giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilingan. Mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda o‘z uyining tomorqasida taqiqlangan giyohvand modda – jami 100 tupdan ko‘p kannabis o‘simligini yetishtirib kelayotgan shaxslar ushlangan edi.

Live
BarchasiPashinyanning qushi uchmadi
03 iyun