Uchquduq tuman hokimligi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zgatildi

3-sahifa

image

Navoiy viloyati Uchquduq tuman hokimligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular 33 nafar fuqaroga soxta hujjatlar rasmiylashtirib berib, ulardan 25 nafarini oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida kirishiga sababchi bo‘lgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumki, Prezident qaroriga muvofiq, olis cho‘l hududida kamida uch yildan ortiq yashagan shaxslar oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida qabul qilinishi belgilangan.

Qayd etilishicha, Uchquduq tuman hokimining sobiq o‘rinbosari va boshqalar cho‘l hududida joylashgan “Yo‘lchilar”, “Ko‘kpatas” va “Ko‘kayaz” MFYlarida uch yil davomida yashamagan 33 nafar shaxsga ularning ushbu muddatda qayd etilgan mahallalarda yashaganligi to‘g‘risida soxta dalolatnomalar rasmiylashtirib berib, shundan 25 nafarini oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga kirishiga sababchi bo‘lgan.

Natijada davlat va fuqarolarning huquqlari, qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilgan. Shuningdek, ushbu talabalarning grant asosida o‘qishi uchun amalda 650 mln so‘m byudjet mablag‘larining sarflanishiga sababchi bo‘lib, davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan. 

“Agentlik tomonidan mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar hamda prokuratura idoralari o‘tkazgan qo‘shimcha o‘rganishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturaci tomonidan Uchquduq tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

372

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing