Antaliya — olov girdobida qolgan afsona shahar (fotoreportaj)
Olam
−
30 iyul 2021
10183Joriy yilning 28 iyul kuni Turkiyaning g‘arbiy va janubiy sohillarida boshlangan yong‘inlar uchinchi kun davom etyapti. Hozirgacha kuzatilgan 70 dan ortiq o‘rmon yong‘inlarining 50 ga yaqini bartaraf etilgan.
Turkiyaning janubiy qismidan joylashgan kurort shahar — Antalya olov ichida qoldi. Shahar ma’muriyati bu so‘nggi yillardagi eng kuchli yong‘in bo‘lganini ta’kidlamoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in mintaqadagi kuchli jazirama tufayli kelib chiqqan.
Qayd etish kerakki, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatda yuz berayotgan ushbu favqulodda vaziyatni shaxsan o‘zi kuzatib borayotganini hamda yong‘in sabablari mamlakat razvedka xizmati tomonidan o‘rganilayotganini ta’kidlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 iyul kuni Antalyadagi 18 ta qishloq va tuman aholisi evakuatsiya qilingan. Yong‘in qurbonlari soni 4 kishiga yetgan, 183 kishi jarohatlanib, 58 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Yong‘in oqibatida 100 dan ortiq xususiy uylar va inshootlar zarar ko‘rgan.
Ayni paytda Antalya, Mersin, Adana, Osmaniye va Kayseri viloyatlarida o‘t o‘chirish ishlari davom etyapti.
LiveBarchasi