Uch viloyatda sel-suv toshqini kutilyapti. Vazirlik va idoralarga signal berildi
Bu qiziq
−
11 noyabr 2022 19643 1 daqiqa
Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sherzodxo‘ja Xabibullayev vazirlik va idoralarga yuborilgan tezkor gidrometeorologik axborot maktubini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Qooraqalpog‘iston Respublikasi va ikki viloyatda kuchli shamol, yana uch viloyatda sel-suv toshqini kutilmoqda.
“Respublika bo‘yicha joriy yilning 13-15 noyabr kunlari, shuningdek shimol hududida ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Jizzax viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
14-16 noyabr kunlari Toshkent, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanadi, ayrim joylarda kuchli yog‘inngarchiliklar kuzatiladi. Shu bilan birga, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin”, deyilgan vazirlik va idoralar rahbarlariga yo‘llangan maktubda.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr