Uch viloyatda qariyb yarim mlrd so‘mlik energiya talon-toroj qilindi

3-sahifa

image

Samarqand, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida tabiiy gaz hamda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Ishtixon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Z.T. “Xalqobod” MFY hududidagi xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulangan holda undan tijorat maqsadlarida foydalangani aniqlangan. Oqibatda davlatga 246,2 mln so‘mlik tabiiy gaz zarari yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan olib borilgan tekshiruvda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining mas’ul shaxslari umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanib, 114,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlangan.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyati Koson tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda “S.B.” fermer xo‘jaligi rahbari E.S. “Quyibog‘” MFY hududidagi yer maydonida suv nasosi hamda dala shiyponidagi elektr uskunalarini umumiy elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab qo‘ygani aniqlangan. Ushbu holatda 109,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani qayd etilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 1,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona fosh etilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing