Uch nafar o‘zbekistonlik “killer” “Kolya Qirg‘iz” uchun o‘ch olmoqchi bo‘ldi

Jamiyat

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) xodimlari tomonidan buyurtma asosida odam o‘ldirish niyatida gumon qilingan uch fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda MXDQ Matbuot markazi xabar bermoqda.

"Uch nafar yollanma qotil Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan. Ma’lum bo‘lishicha, ular Qirg‘izistonga qonundagi o‘g‘ri (“vor v zakone”) Qamchibek Ko‘lboyevning o‘limi ortidan qasos olish uchun kelgan”, deyiladi xabarda.

Qotillikni niyat qilganlar – 1997 yilda tug‘ilgan O.K., 1996 yilda tug‘ilgan A.R. va 1994 yilda tug‘ilgan I.A. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olingan.

"Tergov-surishtiruv chora-tadbirlari davomida ular ko‘rsatma berishdi, ularga “Kolya Qirg‘iz”ning o‘limi uchun qasos olish to‘g‘risida buyruq berilgan. Hibsga olish chog‘ida ular bir qator fuqarolarni o‘ldirishga aloqadorligi va qidiruvda ekani ma’lum bo‘ldi", deyiladi MXDQ xabarida.

Qo‘mitaning qayd etishicha, qo‘lga olinganlar O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 oktyabr kuni Qirg‘izistonlik kriminal avtoritet Qamchibek Ko‘lboyev (Qamchibek Asanbek) Bishkekda o‘ldirildi.

Shundan so‘ng, Qirg‘iziston yunon-rum kurashi federatsiyasi vitse-prezidenti Ahror Iminov uyushgan jinoiy guruhni moliyalashtirganlikda gumonlanib, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

killer Kolya Qirg'iz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing