Uch nafar qizni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan ayol ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand aeroportida Qashqadaryo viloyatida yashovchi uch nafar yengil tabiatli qizni Turkiyaga fohishalikka jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Shahrisabz shahar IIBga shaharning “G‘alaba” MFYda yashovchi ayol N.S. moddiy tomondan qiynalgan qizlarni Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanishlari uchun yubormoqchi bo‘lgani haqida xabar tushgan.

N.S. Turkiyada bo‘lgan tanishi T.D. va boshqalar bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirgan. So‘ng, 25-30 yoshli yengil tabiatli U.Sh., A.G., va J.L.ga “Samarqand–Turkiya” yo‘nalishidagi samolyotga o‘z hisobidan 1 500 AQSH dollariga chipta sotib olib bergan.

Bu uch xotin-qiz Samarqand xalqaro aeroportida samolyotga chiqayotganida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik

Baholaganlar

217

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing