Jurnalistga po‘pisa qilgan Chuvashiya rahbari ishdan ketdi

Olam

image
Ortiqxo‘jayev o‘zidan ketdi. Jurnalistlarni yo‘q qilish, geyga chiqarish bilan tahdid qildi (audio) north_east

Ortiqxo‘jayev o‘zidan ketdi. Jurnalistlarni yo‘q qilish, geyga chiqarish bilan tahdid qildi (audio)

Chuvashiya Respublikasi rahbari Mixail Ignatev tez orada iste’foga chiqadigan bo‘ldi. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib, RBK xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ignatev o‘z postidan yoki shu hafta, yoki kelgusi haftada ketadi. Chuvashiya rahbarining o‘zi bu boradagi gap-so‘zlarga izoh bermagan.

Ma’lumot o‘rnida, Ignatev so‘nggi kunlarda ikki marta o‘z xatti-harakatlari bilan omma e’tiboriga tushdi. 24 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda uning FVV xodimini haqorat qilayotgani videosi paydo bo‘ldi. Vazirlikda uning bu xatti-harakati qattiq qoralandi. Bundan tashqari, u Chuvashiya hukumatini tanqid qilgan mahalliy gazeta jurnalistini “adabini berib qo‘yish kerak”ligini aytib, po‘pisa qilgandi. Keyinroq ushbu gapi uchun uzr so‘ragan edi.

Mixail Ignatev 2010 yildan buyon Chuvashiya Respublikasini boshqarib keladi. 2002 yildan 2010 yilgacha Respublika qishloq xo‘jaligi vaziri sifatida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chuvashiya Jurnalistga po'pisa

Baholaganlar

96

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing