Putinni sudga bergan sobiq amaldor vafot etdi
Olam
−
19 iyun 2020
10008Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Chuvashiya Respublikasining sobiq rahbari Mixail Ignatev koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Chuvashiyaning vaqtinchalik rahbari Oleg Nikolayevga tayanib xabar berdi.
Mixail Ignatev so‘nggi bir necha hafta davomida Sankt-Peterburgdagi shifoxonalardan birida reanimatsiyada bo‘lib turgandi. Mavjud ma’lumotlaga ko‘ra, unda koronavirus infeksiyasi sabab pnevmoniya yuz bergan.
Mixail Ignatev shifoxonaga yotqizilishidan biroz avval RF Prezidenti Vladimir Putinni sudga bergandi. Chuvashiyaning sobiq rahbari ishonchni yo‘qotgani uchun Putin farmoni bilan ishdan bo‘shatilgani bo‘yicha shikoyat qilgandi. Oliy sud davoni 2020 yilning 30 iyun kuni ko‘rib chiqishi kerak edi.
Ignatev 2020 yilning boshida shaxsi atrofidagi bir qancha mojarolar sabab iste’foga chiqarilgandi. Shunday mojarolarning so‘nggisida u FVV ofitserini yangi xizmat mashinasining kalitini olish uchun sakrashga majburlagandi.
LiveBarchasi