Uch qavatli bino olti qavatga aylantirilgan – To‘laganov Jizzaxda qulagan imorat haqida
Jamiyat
−
14 yanvar 2021
18985Xabaringiz bor, joriy yilning 10 yanvar kuni Jizzax shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan biri qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Bosh prokuratura holat yuzasidan munosabat bildirib, Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Bugun, 14 yanvar kuni Qurilish vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida vazir o‘rinbosari Kozim To‘laganov Jizzax shahrida yuz bergan fojia bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, Jizzax shahri, “Zilol” MFY, Mustaqillik qo‘chasida 1-qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, 2-3 qavatlari turar-joy binosi qurilishi ob’ekti qurilishi buyicha buyurtmachi “Barakali Qorako‘l Chorvador” F/X tomonidan Jizzax viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-qaroriga asosan Davlat xizmatlari markazi orqali 2020 yil 29 yanvar kuni murojaat qilingan.
Murojaat Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda ro‘yhatga olingan va qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun № 16-sonli ruxsatnoma berilgan. Vazir o‘rinbosari To‘laganov Jizzaxdagi bino qulashi bo‘yicha bayonot berar ekan, shunday deydi:
“Dastlab, “Jizzax Bunyodkor Loyiha” MCHJ tomonidan binoni 3 qavatli loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan.
Ushbu loyiha-smeta hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlari” DUKJizzax viloyatfiliali tomonidan 2020 yil 27 yanvarda №023/1-20-son ijobiy yig‘ma ekspert xulosasi olingan. Shunga qaramasdan buyurtmachi-pudratchi tomonidan ho‘jalik usuli bilan 1-2 qavatlarida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari hamda 3-6 qavatlarida turar-joy binolari qurilishi bo‘yicha loyiha hujjatlarini “DISCOVERY ARCHITECTS GROUP” MCHJ tomonidan qayta ishlab chiqilgan, Jizzax viloyat Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik Kengashi bilan kelishilmagan, lekin Jizzax viloyati “Shaharsozlik hujjatlari” DUK Jizzax viloyat filialining 2020 yil 12 oktyabrda №393/1-20-son ijobiy yig‘ma ekspert xulosasi olingan”.
Buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan (uch qavatli binoni olti qavatli binoga o‘zgartirilgan, loyiha-smeta hamda ekspertiza xulosasi o‘zgartirilgan), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-son qarori, 5-ilovasi, 20-bandiga binoan 10 kunlik muddatda loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirish kiritilib, ekspertizadan o‘tkazilganligi yuzasidan hududiy inspeksiyaga ma’lumot kiritilmagan.
Ta’kidlanishicha, ob’ektda qurilish-montaj ishlari 2020 yilning mart oyida boshlangan.
Jizzax viloyat QSHN inspeksiyasi tomonidan ob’ektda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining loyihaga mosligi, bajarilgan ishlarning sifati ustidan hududiy nazorat inspeksiya inspektorlari tomonidan 6 marotaba nazorat ishlari o‘tkazilgan.
Nazorat ishlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi yuzasidan 2020 yil 21 avgustda buyurtmachi va pudratchi tashkilot “Barakali qorako‘l chorvador” fermer xo‘jaligi ish yurutuvchisi A.Boboyevga ob’ektda:
• “Qurilish ishlab chiqarishni tashkil qilish”ning talabiga zid ravishda qurilish ob’ektida, loyihada keltirilgan o‘lchamlarni naturaga ko‘chirish va vertikal rejalashtirish dalolatnomalari taqdim etilmaganligi;
• “Qurilish ishlab chiqarishni tashkil qilish”ning talablariga asosan qurilish ob’ektiga olib kelingan temir-beton plita, g‘isht, armatura va sement maxsulotlariga muvofiqlik sertifikati taqdim etilmaganligi;
• Ob’ektda umumiy va maxsus ish yuritish jurnallari yuritilmaganligi va yashirin ishlarni guvoxlash dalolatnomalari rasmiylashtirilmaganligi;
• “Qurilishda texnika xavfsizligi”ning 1.12-bandlari talablariga amal qilgan holda qurilish maydonidagi ishchilar maxsus kiyim va ximoya vositalari bilan to‘liq ta’minlanmaganligi;
• Uy-joyning poydevor va devor ishlarida bajarilgan quyma betonlarning loyihaviy mustaxkamligiga mos kelishi bo‘yicha qurilish-sinov labaratoriya xulosasi taqdim etilmaganligi;
• Qurilish ob’ektiga buyurtmachi tomonidan texnik nazoratchi va ishlarni yuritish uchun ish yurituvchi (prorab) buyruq bilan biriktirilmaganligi sababli inspeksiya tomonidan №0144-sonli muddatli yozma ko‘rsatma berilgan".
LiveBarchasi