“U yo‘q!” Plastik karta o‘g‘irlatilganda as qotadigan maslahatlar
Bu qiziq
−
08 fevral 2020
7527Bugun barcha bank plastik kartalaridan foydalanadi. Ular kundalik turmush tarzimizning ajralmas qismi bo‘lib qolgan. Shunday holatlar bo‘ladiki, e’tiborsizlik oqibatida ularni yo‘qotib yoki o‘g‘irlatib qo‘yamiz. Va bizni qo‘rqinchli savol qamrab oladi: “Endi nima bo‘ladi?!”. Ha, bu o‘rinli va tabiiy savol. Shu o‘rinda qanday yo‘l tutish kerak?
Eng avvalo, zudlik bilan xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilish lozim.
Bank kartasi egasidan uning yo‘qolganligi yoki o‘g‘irlanganligi haqida ariza qabul qilinganda, PIN-kodni ketma-ket 3 marta noto‘g‘ri terilganda, tergovchi, surishtiruvchi, sud ijrochisi yoki sudning bank hisobvarag‘idagi operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori olinganda va bank kartochkalaridan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan boshqa hollarda to‘lov kartasi bank tomonidan bloklab qo‘yiladi.
Yana savol tug‘iladi. Mijoz o‘z to‘lov kartasini mustaqil ravishda bloklab qo‘yishi mumkinmi?
Agarda bankning internet-saytidagi shaxsiy kabineti (internet-banking xizmati yoqilgan bo‘lsa) va xizmat ko‘rsatuvchi bankning yoki to‘lov xizmati ko‘rsatuvchilarning (Uzcard, PayMe, Click va b.) mobil ilovasi bo‘lsa, to‘lov kartasini mustaqil bloklab qo‘yish mumkin
Plastik kartani blokirovkadan yechish uchun plastik kartochka olingan bank filialiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilinadi.
LiveBarchasi