Qahvaning zarari haqidagi gaplar “cho‘pchak” bo‘lib chiqdi
Bu qiziq
−
08 fevral 2020
8673Qahvani mo‘’tadil iste’mol qilish katta yoshli sog‘lom odamning organizmiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki ushbu ichimlik tarkibida hech qanday toksinlar mavjud emas. Uning zarari haqidagi gap-so‘zlarning bari cho‘pchak. Bu fikrga rossiyalik mutaxassislar kelishgan.
Bundan tashqari, mutaxassislarning aytishicha, shakar, sut va boshqa qo‘shimchalarsiz bir chashka qahvaning kaloriya tarkibi nolga teng. Shu bilan birga, kofein ta’siri tufayli organizmda quvvat oshib borishi seziladi.
Shuningdek, qahva choyga qaraganda tanaga kuchli ta’sir qiladi. Qahva organizmga sakkiz soat davomida ta’sir ko‘rsatib tursa, choy ikki soat ta’sir ko‘rsatadi, biroq kuchliroq. Yaxshisi haqiqiy kofeni yosh bolalar ichmagani ma’qul. Chunki endi shakllanayotgan tanada kelajakda ta’sir ko‘rsatuvchi omillar paydo bo‘lishi mumkin
Shuningdek, qahva donachalarida organizm uchun foydali bo‘lgan ko‘plab vitamin va elementlar mavjud. Shuni unutmaslik kerakki, ularni qovurishda ko‘p xususiyatini yo‘qotadi, ammo B guruhi vitaminlari saqlanib qoladi. “Agar siz qahva bilan birga olma ham tanovul qilsangiz S vitamini tanaga yaxshiroq so‘riladi”, deydi mutaxassislar.
LiveBarchasi