“U — yorqin shaxs”. Putin Tramp haqida fikr bildirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Trampni “g‘ayrioddiy odam” deb biladi. Bu haqda u NBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Men hozir ham AQSHning sobiq Prezidenti janob Trampning favqulodda shaxsiyat, iste’dodli odam ekaniga ishonaman, aks holda u AQSH Prezidenti bo‘lmas edi”, deydi Putin telekanalga bergan intervyusida.

Rossiya Prezidentining qo‘shimcha qilishicha, Tramp — yorqin shaxs. U kimgadir yoqishi yoki yoqmasligi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp amaldagi davlat rahbari Jo Baydenga Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvda uxlab qolmaslikni tilab, uning eng ezgu tilaklarini yetkazishni iltimos qilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi uchrashuv 16 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahridagi “La-Granj” qasrida bo‘lib o‘tadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Putin

Baholaganlar

209

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing