U oxirgi nafasigacha kurashmoqchi edi – Blinken G‘ani qochishidan oldin u bilan gaplashganini aytdi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Ashraf G‘ani bilan u mamlakatdan qochib ketishidan bir kun oldin suhbatlashganini ma’lum qildi. G‘ani muloqot vaqtida toliblar bilan oxirigacha kurashishga tayyorligini aytgan.

“U (G‘ani – tahr.) bilan Dohada amalga oshirilgan ishlar, hokimiyatni topshirish haqida suhbatlashdik. Agar bu muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, u oxirgi nafasigacha kurashishga tayyorligini aytgandi. 24 soatdan kamroq vaqt ichida esa u Afg‘onistonni tark etdi”, degan Blinken.

U AQSH Ashraf G‘anining qochish rejasidan bexabar bo‘lganini va unga yordam bermaganini ma’lum qildi.

“Yo‘q, biz bunga yordam berish uchun hech narsa qilmaganmiz”, degan Davlat kotibi.

Afg‘onistondagi vaziyat

AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzulganini e’lon qildi.

Prezident Ashraf G‘ani esa mamlakatdan qochib ketdi. Bir muddat uning qayerdaligi noma’lum bo‘lib turdi. Keyinroq esa G‘ani BAAdan panoh topgani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing