“U taqdiri og‘ir odam edi”. Putin Prigojin haqida gapirdi
Olam
−
24 avgust 2023
15241“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin iste’dodli inson va tadbirkor edi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 24 avgust kuni tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi rahbari vazifasini bajarayotgan Denis Pushilin bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“U [Prigojin] iste’dodli inson, iste’dodli tadbirkor edi”, deydi davlat rahbari.
Prigojinga tegishli samolyot arafasida baxtsiz hodisa yuz berdi.
Putinga ko‘ra, “Vagner” asoschisi taqdiri og‘ir inson bo‘lgan va hayotida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan.
"Men Prigojinni juda uzoq vaqt, 1990-yillarning boshidan bilardim. U taqdiri og‘ir odam edi. Va u hayotda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ydi hamda u kerakli natijalarga erishdi - o‘zi uchun ham, men undan bu haqda so‘raganimda, o‘tgan oylarda bo‘lgani kabi umumiy ish uchun ham”, deydi davlat rahbari.
Putinning urg‘ulashicha, halokat bo‘yicha tergovni boshlangan, u to‘liq hajmda olib boriladi va yakuniga yetadi.
"Mutlaqo aniq: Tergov qo‘mitasi rahbari [Aleksandr Bastrikin] bugun ertalab menga xabar berdi - ular allaqachon ushbu hodisa bo‘yicha dastlabki tergovni boshlagan. U to‘liq hajmda o‘tkaziladi va yakunlanadi", deydi Putin
Eslatib o‘tamiz, 23 avgust kuni kechqurun Moskvadan Sankt-Peterburgga uchayotgan Embraer biznes-jeti Tver viloyatida halokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda 10 kishi bo‘lgan, ularning barchasi halok bo‘lgan. Federal havo transporti agentligi xabariga ko‘ra, yo‘lovchilar ro‘yxatida Prigojin va “Vagner” komandiri Utkin ham bo‘lgan. Hodisa fakti bo‘yicha harakat xavfsizligi va havo transportidan foydalanish qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi