U shafqatsiz harakat qildi – Bayden Putin bilan uchrashishdan ma’no yo‘qligini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden hozirda Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan bo‘lajak G20 sammitida uchrashishni rejalashtirmayapti, biroq bu Rossiya rahbari nimani muhokama qilmoqchi ekanligiga bog‘liq bo‘ladi.

Kecha, 11 oktyabr kuni kechqurun efirga uzatilgan CNN telekanaliga bergan intervyusida Baydendan Putin bilan sammitda uchrashishni xohlaysizmi, deb so‘rashgan.

“Quloq soling, meni u bilan uchrashish niyatim yo‘q, lekin, masalan, agar u G20 [sammitida] mening oldimga kelib: “Men [amerikalik Brittni] Greynerning ozod etilishi haqida gaplashmoqchiman”, deb aytsa. O‘ylashimcha, bu vaziyatga bog‘liq bo‘ladi”, deb javob bergan u.

Bayden Putin bilan Ukraina mavzusini muhokama qilish niyatida emasligini, rasmiy Kiyev vakilisiz hech kim bu masalada Rossiya bilan gaplashmasligini ta’kidladi.

“Qarang, biz bir pozitsiyani egalladik, men buni bugun ertalab G7 yig‘ilishida bildirdim. Xulosa shuki, Ukrainasiz Ukraina haqida [muhokama qilinadigan] hech narsa yo‘q. Shuning uchun na men, na boshqa hech kim Rossiya bilan Ukrainada qolishlari, Ukrainaning bir qismini saqlab qolishlari va shunga o‘xshash narsalar haqida muzokara qilishga tayyor emasmiz. Demak, u [Putin] aynan nima haqida gaplashmoqchi ekanligiga bog‘liq bo‘ladi”, deydi Bayden.

AQSH Prezidenti Rossiya rahbari haqida gapirar ekan, shunday dedi:

“Quloq soling, u shafqatsiz harakat qildi. Menimcha, u urush jinoyatlarini sodir etgan. Shunday ekan, men hozir u bilan uchrashishdan ma’no ko‘rmayapman”.

O‘tgan haftada u G20 yoki OTIH (Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi) sammitlarida Rossiya yetakchisi bilan uchrashish imkoniyatini istisno etmagandi. 

7 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning G20 sammitida ishtirok etish ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan, “Rossiya ishtirok etadi, lekin format hali aniq emas”, degandi.

Keyinroq G20 sammitiga mezbonlik qiladigan Indoneziya Tashqi ishlar vaziri Rossiya Prezidenti Putin va Ukraina Prezidenti Zelenskiy yig‘inda ishtirok etishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing