U og‘ir vaznning yangi qiroli bo‘ladi – “Kanelo” yengilmas kubalik haqida

Sport

image

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares kubalik bokschi Frenk Sanches (20-0) super og‘ir vazn toifasida jahon chempioni bo‘lishiga va barcha raqiblarini mag‘lub eta olishiga ishonmoqda.

“U jahon chempioni bo‘ladi va og‘ir vazn toifasidagi barcha raqiblarini supurib tashlaydi. Chunki u o‘ziga xos iste’dod egasidir. Ishonchim komilki, 2022 yil unga katta muvaffaqiyatlar olib keladi”, deydi Alvares.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli Sanches faoliyati davomida 20 marta ringga ko‘tarilgan va ularning barchasida raqiblarini mag‘lub etgan. So‘nggi jangini joriy yil 1 yanvar kuni ruminiyalik Kristian Xammer ustidan g‘alaba qozondi.

2021 yilning 7 noyabr kuni Alvares Kaleb Plantni (22-1) 11-raundda nokautga uchratib, super o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan edi. Bu “Kanelo” uchun professional boksdagi 57-g‘alaba bo‘ldi. Plant nokautga uchratilganidan so‘ng, Saul qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin bilan uchinchi marta ringga ko‘tarilishga qarshi emasligini ta’kidladi. Ular o‘rtasidagi birinchi jang durang, ikkinchisi esa 31 yoshli meksikalikning g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning 16 dekabr kuni vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng kuchli bokschilari yangilangan reytingini (P4P) Saul Alvares (57-1) boshqarib bormoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

WBA WBC Prof boks Kanelo Kaleb Plant Frenk Sanches

Baholaganlar

24

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing