“U bugun chiroyli kiyinibdi”. Tramp Oq uyda Zelenskiyni kutib oldi (video)
Olam
−
28 fevral
17294Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 28 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Oq uyga bordi. Tomonlar foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv imzolashi kutilmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.
Telekanalga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari faqat tabiiy resurslar bo‘yicha bitimni emas, balki AQSHning Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha harakatlarini ham muhokama qiladi.
Tramp jurnalistlarning ikki yetakchi bugun kelishuv imzolaydimi, degan savoliga javob bermagan. Biroq u Zelenskiy bilan qo‘l siqib ko‘rishar ekan, hazilomuz tarzda “Ukraina yetakchisi bugun chiroyli kiyinibdi”, degan.
Jurnalistlarning qayd etishicha, ushbu kelishuv AQSHga Ukrainadagi o‘zlashtirilmagan minerallarga oson kirish imkonini berishi, buning evaziga esa Kiyev investitsiyalar va xavfsizlik bo‘yicha aniq kafolatlarni olishga umid qilayotgani aytilmoqda.
“Bitim tafsilotlari hozircha noma’lum, biroq tahlilchilarga ko‘ra, u kengroq tinchlik muzokaralariga olib kelishi mumkin”, deyiladi xabarda.
UNIANga ko‘ra, AQSH va Ukraina rahbarlari avval Oq uyning Oval ofisida uchrashib, ommaviy axborot vositalari uchun qisqa bayonot beradi, so‘ng ishchi tushlik davomida hukumat xonasida muzokaralarni davom ettiradi. Keyinchalik, Oq uyning sharqiy qanotida ikki davlat rahbarlari tiklanish investitsiya fondi qoidalari va shartlarini belgilovchi ikki tomonlama kelishuv imzolash marosimida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashuvda Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish “tez orada” to‘xtashi yoki tinchlik “hech qachon” o‘rnatilmasligini aytgan edi. Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, “tinchlik sari olg‘a siljish” bugun, 28 fevral kuni u ukrainalik mavqedoshi Vladimir Zelenskiy bilan mineral resurslar bo‘yicha uchrashuvda davom etadi.
LiveBarchasi
Trenddagilar



