U bir so‘zli erkak – Putin Erdo‘g‘anni maqtadi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi va Turkiya Respublikasi Prezidentlari Vladimir Putin hamda Rajab Toyib Erdo‘g‘an ko‘pincha ba’zi masalalarda kelishmovchiliklarga duch kelishadi. Bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani paytida Putinning o‘zi bu haqda gapirgan.

“Ehtimol, biz [ba’zan] qarama-qarshi qarashlarga duch kelamiz. Ammo u – so‘zida turadigan odam. Erkak. U dumini likillatmaydi”, deydi Rossiya Prezidenti turkiyalik hamkasbini maqtab.

Putinning ta’kidlashicha, agar Erdo‘g‘an Turkiya uchun biron bir narsani foydali deb bilsa, demak u oxirigacha boradi, uning xatti-harakatini oldindan aytish mumkin. 

“Bu sizning kim bilan ish tutayotganingizni tushunish uchun juda muhimdir”, deya qo‘shimcha qildi Putin.

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Erdog‘anning Rossiya gazini Turkiyaga etkazib beradigan “Turk oqimi” quvur liniyasi qurilishidagi pozitsiyasini yuqori baholagan edi.

“Biz Turkiya bilan “Turk oqimi”ni barpo etishga Prezident Erdo‘g‘anning siyosiy irodasi tufayli, u erkak xarakterining eng yaxshi fazilatlarini namoyon etgani tufayli erishdik”, degandi Putin 2019 yil Sankt-Peterburg Xalqaro Iqtisodiy Forumining yalpi majlisida.

Biroq, Putin Turkiya rasmiylarining boshqa harakatlarini qattiq qoraladi. Xususan, Turkiya harbiylari 2015 yil noyabr oyida Rossiyada taqiqlangan “Islomiy davlat”ga qarshi operatsiyada qatnashgan Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirganidan so‘ng, Putin bu hodisani terrorchilar sheriklarining “orqasidagi pichoq” deb atadi. O‘sha yilning dekabrida Putin “Olloh Turkiyani aql-idrokdan mahrum qilib, hukmron elitani jazolashga qaror qildi“ va “Turkiya rasmiylari qilmishlariga bir necha bor pushaymon bo‘lishadi”, deya ta’kitlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Erdo'g'an

Baholaganlar

411

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing