U-23 Osiyo kubogi: Bugun O‘zbekiston Quvaytga qarshi maydonga tushadi

Sport

image

Bugun, 20 aprel kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Qatarda o‘tkazilayotgan Osiyo kubogida guruh bosqichining 2-tur uchrashuvini o‘tkazadi. Temur Kapadze shogirdlariga quvaytlik futbolchilar raqiblik qiladi.

“D” guruhidan o‘rin olgan oq bo‘rilar 1-turdan so‘ng 3 ochko to‘plab, Vetnam jamoasi bilan peshqadamlik qilmoqda. Quvayt esa dastlabki turda aynan Vetnamga imkoniyatni boy bergan. Guruhning ikkinchi o‘yinida 1-turda O‘zbekistondan mag‘lubiyatga uchragan Malayziya vetnamlik futbolchilarga qarshi maydonga tushadi.

Qayd etish joiz, Quvayt ustidan qozonilgan g‘alaba O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasini muddatidan oldin turnir 1/4 finaliga olib chiqadi.

O‘zbekiston Quvaytga qarshi to‘liq oq, darvozabon esa qora rangli libosda o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi. Bahsga Doha shahridagi “Saud Bin Abdulrahmon” stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi Quvayt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing