U-20 Jahon chempionatida noodatiy kartochkadan foydalanildi

Sport

image

Bugun, 16 oktyabr kuni Marokashning U-20 terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida xuddi shu yosh toifasidagi Fransiya terma jamoasini mag‘lub etdi. Asosiy va qo‘shimcha vaqt 1:1 hisobi bilan yakunlandi, penaltilar seriyasida esa 5:4 hisobida shimoliy afrikaliklar g‘alaba qozondi.

Qayd etish joiz, ushbu uchrashuv davomida “chellenj kartochkasi”dan foydalanildi.

Marokash yoshlar terma jamoasining bosh murabbiyi Muhammad Uabi 72-daqiqada kartochkani faollashtirdi. FIFA'ning yangi qoidalariga ko‘ra, bu kartochka hakamdan qarorni qayta ko‘rib chiqish uchun videotakrorni ko‘rishni talab qilish huquqini beradi.

Ma’lumot uchun, musobaqaning final o‘yini 20 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marokash va Argentina finalga yo‘l olgani haqida xabar berilgan edi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Frantsiya Marokash U-20 Jahon chempionati kartochka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing