U-17. O‘zbekistonlik o‘smirlar Yaponiya bilan durang o‘ynadi

Sport

image

Bugun, 17 iyun kuni Tailandda bo‘lib o‘tayotgan U-17 Osiyo kubogi 1-tur bahsida Yaponiya va O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchrashuvning 8-daqiqasida Yutaka Michivaki boshi bilan kiritgan gol evaziga birinchi bo‘limni yaponlarga boy berdi.

Ikkinchi bo‘limda faollikni o‘zi tomonga og‘dirib olgan o‘zbekistonliklar asosiy vaqt yakuniga 7 daqiqa qolganida Ollobergan Karimovning aniq uzatmasidan keyin Amirbek Saidov gol urdi va hisobdagi farqni yo‘qqa chiqardi. 

Bangkokdagi “Rajamagala” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning qolgan vaqtida darvozalar dahlsizligi saqlab qolindi va bahs durang bilan yakunlandi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 Osiyo kubogining 2-turida Hindiston, 3-sida esa Vetnamga qarshi maydonga tushadi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Yaponiya U-17

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing