Tyunerlarni yangilaymizmi?

Jamiyat

image

Raqamli tizimda uzatilayotgan teledasturlarni optimizatsiya qilish, kelgusida uzatiladigan telekanallar sonini yanada oshirish uchun texnik imkoniyatlar yaratish maqsadida, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining respublikaning hududlar markazlarida raqamli televideniyening eski DVB-T standartida uzatib berilayotgan 12 ta teledasturi efirini 2019 yilning 15 avgustidan to‘liq to‘xtatish rejalashtirilgan. 

Joriy yilning 15 avgustidan quyidagi stansiyalardagi DVB-T standartida ishlovchi uzatgichlar o‘chiriladi:

Andijon viloyatidagi Andijon radiotelevizion stansiyasida 39 TVK (televizion kanal) chastotada ishlovchi;

Farg‘ona viloyatidagi Qo‘qon radiotelevizion stansiyasida 40 TVK chastotada ishlovchi;

Toshkent viloyatidagi Angren radiotelevizion stansiyasida 44 TVK chastotada ishlovchi;

Toshkent viloyatidagi Bekobod radiotelevizion stansiyasida 27 TVK chastotada ishlovchi;

Toshkent viloyatidagi Shougaz radiotelevizion stansiyasida 35 TVK chastotada ishlovchi;

Sirdaryo viloyatidagi Guliston radiotelevizion stansiyasida 32 TVK chastotada ishlovchi;

Jizzax viloyatidagi Qo‘ytosh radiotelevizion stansiyasida 45 TVK chastotada ishlovchi;

Samarqand viloyatidagi Cho‘ponota radiotelevizion stansiyasida 31 TVK chastotada ishlovchi;

Navoiy viloyatidagi Langar radiotelevizion stansiyasida 30 TVK chastotada ishlovchi;

Xorazm viloyatidagi Urganch radiotelevizion stansiyasida 34 TVK chastotada ishlovchi;

Buxoro viloyatidagi Buxoro radiotelevizion stansiyasida 47 TVK chastotada ishlovchi;

Qashqadaryo viloyatidagi Odamtosh radiotelevizion stansiyasida 47 TVK chastotada ishlovchi;

Surxondaryo viloyatidagi Vaxshivor radiotelevizion stansiyasida 47 TVK chastotada ishlovchi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Nukus radiotelevizion stansiyasida 48 TVK chastotada ishlovchi
uzatgichlar o‘chiriladi hamda bosqichma-bosqich DVB-T2 standartiga o‘tkaziladi.

2019 yil 15 avgustidan so‘ng, MTRK teledasturlarini raqamli televideniyening DVB-T2 standartida ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Eski (DVB-T) standartdagi tyuner va televizorlar ishlaydimi?

Avvalo aytish kerakki, DVB-T2 standartida uzatilayotgan teledasturlarni eski — DVB-T standartidagi raqamli signallarni qabul qilishga moslashtirilgan televizor va tyuner qurilmalari qabul qila olmaydi.

Hozir nodavlat («Mening Yurtim», «Milliy TV», «Uzreport TV», «Zo‘r TV», «Futbol TV», «Sevimli TV») telekanallari dasturlari O‘zbekiston hududlariga DVB-T2 standartida uzatilmoqda. Agarda televizoringiz ushbu nodavlat telekanallarini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bilingki, sizda DVB-T2 standarti ishlayapti. Kelgusida ishga tushiriladigan yangi telekanallar ham DVB-T2 standartida uzatib beriladi.

Teletomoshabinlar diqqatiga!

Shu sababli, DVB-T standartida uzatilayotgan raqamli teledasturlarni ko‘rib kelayotgan yurtdoshlarimiz DVB-T2 standartini qo‘llovchi qurilmalarni (tyuner yoki zamonaviy rusumdagi televizor) o‘rnatishlari lozim bo‘ladi. Shundan so‘nggina yangidan-yangi ishga tushirilayotgan telekanallarni tomosha qilishingiz mumkin. Eski avlod televizorlari yoki DVB-T standartidagi signallarni qabul qilishga moslashtirilgan televizordan foydalanuvchilar DVB-T2 standartidagi raqamli tyuner qurilmasini ulagan holda qo‘shimcha telekanallarni ko‘rishlari mumkin.

Eski rusumdagi televizorlardan foydalanuvchilar televizorga DVB -T2 standartidagi raqamli telesignallarni qabul qiluvchi tyuner va standart antennani o‘rnatgan holda raqamli teledasturlarni ko‘rishlari mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing