Twitter xodimlarning sabotaj qilishidan qo‘rqib ofislarini yopdi

Texnologiya

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Twitter kompaniyasi ishdan bo‘shashning yangi to‘lqini fonida xodimlar kompaniyani sabotaj qilishi mumkinligidan qo‘rqib o‘zining ofislarini yopdi. Bu haqda “Business Insider” nashri xabar berdi.

Nashrning yozshicha, barcha xodimlar kompaniya ofislari vaqtincha yopilgani haqida xabardor qilingan. Ofisdagilardan esa uni tark etishlari so‘ralgan. Twitter 21 noyabrdan qaytadan ishga tushishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, xuddi shunday chora-tadbirlar kompaniyani dunyoning eng boy odami Ilon Mask sotib olganidan so‘ng  qisqartirishlarning birinchi to‘lqini vaqtida ham ko‘rilgan. 

“Har bir xodimning, shuningdek, Twitter tizimlari va foydalanuvchi ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida bizning ofislarimiz vaqtincha yopiladi. Ruxsatnomalarni o‘tkazish ham to‘xtatiladi”, deyiladi kompaniya elektron pochta orqali xodimlariga yuborgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy hafta boshida bosh ijrochi direktor Ilon Mask Twitter’ning barcha xodimlariga tanlash imkoniyatini berdi. Ya’ni “Yangi Twitter’ni qurish uchun qo‘shimcha ish va intensiv ishlarga tayyorlanish yoki kompaniyani ishdan bo‘shatish to‘lovi bilan tark etish mumkin. Ikkinchi variantni kompaniyaning yuzlab xodimi tanlagan. Ular ishdan bo‘shash uchun ariza ham berishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Twitter Ilon Mask

Baholaganlar

42

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing