Twitter Ilon Maskni sudga berdi

Olam

image

Twitter amerikalik biznesmen Ilon Maskni ijtimoiy tarmoqni sotib olmaslik qarori tufayli sudga berdi. Kecha, 12 iyul kuni Twitter vakillari AQSHning Delaver shtati sudiga yuborgan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, kompaniya Mask sotib olish shartnomasi shartlarini bajarishiga erishmoqchi.

“Maskning xatti-harakati uning o‘zi ixtiyoriy ravishda imzolagan majburiy shartnomadan qochishga intilayotganini va bu jarayonda Twitter’ga zarar yetkazmoqchi ekanligini yaqqol tasdiqlaydi. Twitter ayblanuvchining qonunbuzarliklari natijasida tuzatib bo‘lmaydigan zarar ko‘rdi va bundan keyin ham azob chekadi”, deya sud da’vosidan iqtibos keltirgan AFP.

Endi sud Maskga sotib olish shartnomasini bekor qilishga ruxsat beriladimi yoki yo‘qligini hal qiladi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, tomonlardan biri undan voz kechsa, bir milliard dollargacha jarima ko‘zda tutilgan. Kompaniya suddan to‘rt kunlik sud jarayonini sentyabr oyining o‘rtalariga belgilashni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 iyul kuni bugungi kunda sayyoraning eng badavlat odami hisoblangan Ilon Mask xuddi shu nomdagi ijtimoiy tarmoqqa egalik qiluvchi Twitter'ni sotib olish bo‘yicha kelishuvni bekor qilayotganini ma’lum qilgandi. Biroq, uning ta’kidlashicha, kompaniya shartnomaning ko‘plab qoidalarini jiddiy ravishda buzgan. Xususan, Maskning so‘zlariga ko‘ra, soxta va spamli Twitter akkauntlarining haqiqiy soni ijtimoiy tarmoq ko‘rsatgan "besh foizdan"dan sezilarli darajada ko‘p.

8 iyul kuni Twitter rahbari Bret Teylor kompaniya hali ham “Mask bilan kelishilgan narx va shartlar bo‘yicha” bitimni yopish niyatida ekanligini va kelishuvni amalga oshirish uchun qonuniy choralar ko‘rishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. 

“Biz Delaver sudida g‘alaba qozonishimizga aminmiz”, deb yozgan Teylor Twitter’da.

Mask o‘zining Twitter akkauntida istehzoli mem joylashtirib, Teylorga javob berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing