Twitter’ga o‘xshash: Tramp jamoasi yangi ijtimoiy tarmoqni ishga tushirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning jamoasi kecha, 1 iyul kuni oldindan hech qanday e’lon bermasdan Gettr nomli yangi ijtimoiy tarmoqni ishga tushirdi. Bu haqda “Politico” xabar bermoqda.  

Yangi internet-platformaning tavsifida aytilishicha, uning vazifalariga sog‘lom fikrni targ‘ib qilish, so‘z erkinligini himoya qilish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi monopoliyalarga qarshi kurashish, haqiqiy g‘oyalar bozori yaratish kabilar kiradi. Trampning prezidentlik davridagi sobiq katta maslahatchisi Jeyson Miller Gettr dasturining rivojlanishiga rahbarlik qilmoqda. 

Ta’kidlanishicha, ilova Twitter’ga juda o‘xshash. Trampning o‘zi Gettr’da akkaunt ochish-ochmasligi hozircha noma’lum, ammo kutilishicha, ushbu xizmat Amerikaning sobiq Prezidenti o‘z tarafdorlari bilan onlayn tarzda muloqot o‘tkazadigan platformaga aylanishi kerak. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari Amerika Kongressi binosiga bostirib kirgandan so‘ng, bir qator ijtimoiy tarmoqlar uning akkauntlarini bloklab qo‘ydi. Trampning asosiy foydalanadigan platformasi bo‘lgan Twitter esa uning sahifasini butun umrga blokladi.  Ijtimoiy tarmoqda ushbu qaror siyosatchi zo‘ravonlik to‘lqinini qo‘zg‘atishi mumkinligi bilan izohlandi. Trampning o‘zi esa Twitter zerikarli bo‘lib qolganini va boshqa unga qaytishni istamasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp ijtimoiy tarmoq

Baholaganlar

71

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing