Twitter asoschisi ilk tvitini yuqori narxga pulladi 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Twitter ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi va rahbari Jek Dorsining ilk tviti kecha, 22 mart kuni 2,9 million dollardan ko‘proqqa sotildi. Bu haqda "Valuables" onlayn-auksion xabarida aytilgan.  

Qayd etilishicha, virtual aktiv ko‘rinishidagi ushbu lotni "Bridge Oracle" bosh direktori Sina Estavi 2 mln 915 ming 835,47 dollarga sotib olgan. 

Lot egasi Malayziyada yashaydi, uning kompaniyasi blokcheyn sohasida faoliyat yuritadi. 

Estavi muallif tomonidan imzolangan va tasdiqlangan noyob raqamli sertifikatni qabul qilib olgan. 

U postni qayta sotish yoki investitsiya sifatida "shaxsiy kolleksiyasida" saqlash huquqiga ega. 

Estavining auksiondagi asosiy raqibi xitoylik tadbirkor, Tron kriptovalyutasining asoschisi Jastin San bo‘lgan. 

Ma’lumot o‘rnida, mart oyi boshida Dorsining 2006 yil 21 martdagi "shunchaki o‘zimning twttr'imni sozlayabman" tviti kimoshdi savdosiga qo‘yilgani aytilgandi. 

Dorsi tushumni bitkoinlarga aylantirib, ularni xayriya uchun sarflashni rejalashtirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jek Dorsi

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar