X hamma uchun pulli bo‘lishi mumkin

Texnologiya

image

X (Twitter) hamma uchun pulli bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq rahbariyati har oyda foydalanuvchilaridan “oz miqdorda” pul undirish niyatida. Bu haqda milliarder va ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Bu haqda “Forbes” nashri xabar berdi.

 “Bu ulkan bot qo‘shinlariga qarshi kurashishning yagona yo‘li”,  degan tadbirkor.

Maskning tushuntirishicha, botlarni yaratish uchun “choy-chaqa” sarflanishi mumkin, ammo X dan foydalanish uchun “bir necha dollar” yoki “kamroq summa” to‘lash kerak bo‘lsa, bu juda qimmatga tushishi – bot yaratuvchilari har safar yangi botni ishga tushirganda qo‘shimcha to‘lov qilishi kerak bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, botlar sun’iy intellektdan foydalangan holda CAPTCHA – xavfsizlik kodlari orqali yaxshiroq kurashadi.

Avvalroq X foydalanuvchilarning biometrik ma’lumotlarini yig‘ishga qaror qilgandi. 

"X maxfiylik siyosatidagi yana bir bandga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning ishi va ta’limi, shuningdek, ularning malakasi haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi, bu ularga vakansiya tavsiya qilish va agar foydalanuvchi ish izlayotgan bo‘lsa, potensial ish beruvchilarni xabardor qilish uchun kerak", deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, Twitter ni sotib olib, uning nomini X’ga o‘zgartirganidan so‘ng, milliarder Ilon Mask ijtimoiy tarmoqni “Super upp”ga aylantiradigan o‘zgarishlarni e’lon qilgan.

Bundan tashqari, dastur endi ko‘plab funksiyalarni o‘z ichiga oladi – to‘lovlardan tortib foydalanuvchilar o‘rtasidagi qo‘ng‘iroqlargacha.

E’tiborli jihati shundaki, 31 avgust kuni ijtimoiy tarmoqning maxfiylik siyosatiga o‘zgartirishlar kiritilgani haqidagi xabarlar fonida Mask X foydalanuvchilari tez orada telefon raqamidan foydalanmasdan audio va video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Qo‘ng‘iroqlar iOS, Android qurilmalari, shuningdek, Mac va shaxsiy kompyuterlar uchun ochiq bo‘ladi.

Avgust oyi oxirida esa X kriptovalyutalar bilan ishlash uchun ham litsenziya oldi. Bu bilan kompaniya kelajakda dasturga foydalanuvchilarga kriptovalyutalarni bir-biriga o‘tkazish imkonini beruvchi funksiyani qo‘shishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 28 iyul kuni kompaniya o‘zining Market Street shtab-kvartirasining tomida X logotipini o‘rnatgani, bu intruziv chiroqlar qo‘shnilarni bezovta qilgani tufayli ular kompaniya ustidan shikoyat qilgani va unga asosan San-Fransisko binolarni tekshirish bo‘limi tergovni boshlashini bildirgani haqida xabar bergan edik.

Mashhura Imomova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ijtimoiy tarmoq Ilon Mask Twitter X

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing