Tuzumlarni kuch bilan ag‘darishdan voz kechamiz – AQSH demokratiya o‘rnatish siyosatini o‘zgartiradi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH dunyoda demokratiyani zo‘ravonlik bilan targ‘ib qilish siyosatidan voz kechadi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken mamlakat tashqi siyosatiga bag‘ishlangan brifing paytida aytib o‘tgan. 

"Biz qimmatli harbiy operatsiyalar bilan demokratiya o‘rnatmaymiz. Bundan tashqari, AQSH avtoritar tuzumlarni kuch bilan ag‘darish urinishlaridan voz kechadi", degan Blinken. 

Tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, Vashington tomonidan yaxshi niyatlar bo‘lganiga qaramay, shu tarzda harakat qilishga o‘tgan urinishlar kerakli natijalarni bermagan. 

"Biz boshqacha yo‘l tutamiz: boshqa mamlakatlarga o‘z namunamizni namoyish etish va demokratik o‘zgarishlar uchun sheriklarimizni mukofotlash orqali demokratiyani targ‘ib qilamiz", deb qo‘shimcha qilgan Davlat kotibi. 

Blinken amerikaliklarga murojaat qilib, tashqi siyosat bo‘yicha aniq qarorlarni ishlab chiqish uchun ulardan Prezident Jo Baydenning yangi ma’muriyatiga biroz vaqt berishni iltimos qilgan. 

Demokratiyani targ‘ib qilish AQSH tashqi siyosiy doktrinasining asoslaridan biridir. 

Demokratik qadriyatlarni targ‘ib qilish niqobi ostida rejimni ag‘darish to‘g‘risidagi birinchi rasmiy tan olingan faktlardan biri bu 1953 yilda Eronda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishidir. 

Yaqin tarixda Davlat departamenti Gruziya va Ukrainani demokratlashtirishning muvaffaqiyatli namunalari hamda Serbiya va Chernogoriyadagi o‘zgarishlarni ko‘rib chiqmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil kuzida AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Vashington o‘zining tinchlik siyosatini eng yangi qurollardan foydalangan holda kuchli pozitsiyadan qurishini va’da qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh demokratiya

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing