To‘yda “o‘q uzgan” kuyovjo‘ra kim? IIBB izoh berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda to‘ydagi mehmonlardan biri osmonga qarata to‘pponchadan o‘q uzayotgani aks etgan video tarqamoqda. Mazkur holatga nisbatan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi izoh berdi. 

Qayd etilishicha, ushbu video Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganilgan. Videodagi odamlar, xususan o‘q uzgan kishining shaxsi aniqlangan. 

O‘q uzgan kishi – Toshkent viloyatilik 25 yoshli Ulug‘bek Solihov ekani ma’lum bo‘lgan. Uning so‘zlariga qaraganda, u qarindoshi bo‘lmish kuyovga to‘y kuni kuyov-jo‘ralik qilgan. 

19 sentyabr kuni kuyov va uning do‘stlari Chilonzor tumaniga kelinning uyiga kelishganida, Ulug‘bek keyinchalik “qiziqarli rolik” tayyorlash uchun bozordan sotib olgan o‘yinchoq plastmass to‘pponchani osmonga ko‘targan. Shu lahzalar videooperatorlar tomonidan tasvirga tushirilgan. 

4 oktyabr kuni kechqurun Ulug‘bekning o‘zi videoni montaj qilib, o‘q uzish tovushlarini qo‘shgan va videoni instagramdagi sahifasiga joylagan. Keyinchalik mazkur videoni internetda tarqatgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

2369

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing