To‘yda kelinni urgan kuyovning ishi sudga oshirildi

3-sahifa

Tuy
“O‘zbekistonda ayollarni urish non sotib olishdek gap”. Kuyovning dong‘i Germaniyagacha yetib bordi (video) north_east

“O‘zbekistonda ayollarni urish non sotib olishdek gap”. Kuyovning dong‘i Germaniyagacha yetib bordi (video)

O‘zbekistondagi to‘ylardan birida kelinni kaltaklagan kuyovning ishi sudga oshirildi. U ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 6 iyun kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida bo‘lib o‘tgan nikoh to‘yi marosimida yuz bergan. Unda kelin va kuyovga o‘ralgan holda shirinlik berilib, uni kim birinchi bo‘lib ochish (“Syurpriz”) o‘yini o‘tkazilgan.

O‘yin davomida kelin birinchi bo‘lib shirinlikni ochgan. Bu holatdan kuyovning jahli chiqib, kelinning boshiga musht tushirgan.

Mazkur holat yuzasidan Uzun tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan fuqaro X.R. (quyov)ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

Bundan tashqari, kuyov va kelin hamda ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu holat xalqaro OAVning ham e’tiborini tortmasdan qolmadi. Xususan, Germaniyaning ommaviy “Bild” nashri ushbu video orqali O‘zbekistonda ayollar bilan bog‘liq holatga baho berishga urindi.

“Ba’zilar uchun bu ajoyib kun va er-xotin sifatida baxtli hayotning boshlanishi. Ammo dunyodagi ko‘plab ayollar uchun bu nikoh do‘zaxiga sayohat uchun faqat boshlang‘ich signaldir!”, deya yozgan nashr.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4456

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing