Haqiqatni ayta olmagan professorga berilgan oylik poradir!
Intervyu
−
31 yanvar 2022
11899Bugun O‘zbekistonda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan siyosatshunos olimlar talaygina. Biroq ular o‘z fikrlarini bildirishdan qo‘rqadi. Siyosatshunos Hamid Sodiq QALAMPIR.UZ’ga bergan intervyusida nima uchun olimlar siyosatga aralashmasligiga to‘xtalib o‘tdi.
“Elitar qatlam – bu davlatdagi jarayonlarni tushunadigan va tushuntira oladigan insonlar. Ya’ni bir elitar qatlam vakili millionlab odamlar oldiga chiqib, ularning tilida shunday-shunday qilishimiz kerak desa, bevosita ular buni bajarishga kirishadi. Bu esa avtoritar hukumatga bosim o‘tkazadi. Buni davlat biladi va shuning uchun elitar qatlam vakillariga bosim o‘tkazadi. “Tushuntirma, boshing ketadi”, deb qo‘rqitadi. Ko‘proq birinchi ma’muriyat davrida shunday bo‘lgan”, deydi Hamid Sodiq.
Siyosatshunos so‘zida davom etarkan, ayrim avtoritar davlatlarda hukumat professorlarni qo‘rqitmasdan, aksincha ularning og‘zini pul bilan moylab qo‘yilishini aytib o‘tdi.
“Ikkinchi uslub elitar qatlam vakillarini qo‘rqitmaydi, bosim qilmaydi, lekin katta oylik beradi. Shundan so‘ng, elitar vakillar katta oylikni yo‘qotishdan qo‘rqib, jamiyatdagi ishlarga aralashmaydi. Haqiqatni ayta olmagan professorga berilgan oylik – poradir! Chunki uning og‘zini million-million pul bilan moylab qo‘yishmoqda. Ustiga-ustak bu pullar siyosiy aktorlarning puli emas, xalqning puli”, deydi siyosiy mutaxassis.
Siyosatshunos Hamid Sodiq bilan to‘liq intervyuni QALAMPIR.UZʼning YouTubeʼdagi sahifasida yoki quyidagi videopleyerda tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi