Tushmi yo o‘ng? O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 270 dollarga yetgani aytildi
Jamiyat
−
27 aprel 2022
29450Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3,42 million so‘mni (270 AQSH dollari) tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,1 foizga ko‘pdir. Ishonish qiyin bo‘lsa-da bu haqdagi ma’lumotlarni Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qilmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar xodimlarining ish haqi quyidagicha:
• bank, sug‘urta, lizing va kredit-vositachilik faoliyati – 8,42 million so‘m (700 dollar);
• axborot va kommunikatsiyalar – 6,5 million so‘m (570 dollar);
• tashish va saqlash – 4,55 million so‘m (400 dollar);
• sanoat – 4,46 mln so‘m (400 dollar);
• qurilish – 4,15 mln so‘m (370 dollar);
• savdo — 3,51 million so‘m (310 dollar);
• ta’lim – 2,51 mln so‘m (220 dollar);
• sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 2,32 mln so‘m (200 dollar).
Hududlar kesimida ish haqining eng yuqori darajasi Toshkent shahrida (5,21 million so‘m yoki 460 dollar) va Navoiy viloyatida (4,73 million so‘m yoki 420 dollar) qayd etilgan.
Eng past ko‘rsatkich Surxondaryo (2,61 million so‘m yoki 230 dollar) va Farg‘ona (2,59 million so‘m yoki 230 dollar) viloyatlarida qayd etilgan.
LiveBarchasi