To‘rtinchi to‘lqin: Hindiston poytaxtida lokdaun e’lon qilindi
Olam
−
20 aprel 2021
5279Hindiston poytaxti Nyu-Dehli rasmiylari koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari ko‘payishi fonida shaharda 26 aprelga qadar to‘liq lokdaun joriy qildi. Bu haqda "India Today" xabar bergan.
“Bu kichik lokdaun, atigi olti kunga. Dehlidan chiqmang. Umid qilamanki, lokdaunni uzaytirishimizga zarurat tug‘ilmaydi”, degan poytaxt Bosh vaziri Arvind Kejrival.
U shaharda pandemiyaning to‘rtinchi to‘lqini boshlanganini va bu sog‘liqni saqlash tizimi uchun jiddiy sinov ekanini ta’kidlagan.
So‘nggi paytlarda Dehlida har kuni 25 mingga yaqin yangi kasallanish holatlari aniqlanmoqda.
“Har kuni kasallik yuqtirganlar shunchadan aniqlanaversa, sog‘liqni saqlash tizimi qulab tushishidan qo‘rqaman”, degan Kejrival.
Manbalarda aytilishicha, shahardagi xususiy kompaniyalar xodimlari lokdaun davomida uydan ishlaydi.
Kejrivalning ta’kidlashicha, to‘ylarni 50 kishidan ortiq odam bo‘lmagan taqdirda o‘tkazish mumkin.
Ma’lumot uchun, Hindistonda pandemiya boshlanganidan beri 15 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 178 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
LiveBarchasi