To‘rt nafar sudyaning vakolati uzaytirildi

Jamiyat

image

Sudyalar oliy kengashining bugun, 8 aprel kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida vakolat muddati yakuniga yetgan ayrim sudyalarni mazkur lavozimda bo‘lishining navbatdagi muddatiga tayinlandi. 

Kengash qarori bilan quyidagilar navbatdagi muddatga tayinlandi:

Po‘latjon Halilovich Mamatusmonov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining sudyasi lavozimiga;

Shavkat To‘lqinovich Turdiyev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudining raisi lavozimiga;

Bekzod Bekmurodovich Rajabov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Navoiy viloyati Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

Hasan Choriyevich Abrayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing