Turmush sharoiti og‘ir xotin-qizlarning salomatligi uchun qancha mablag‘ ajratildi?

Jamiyat

image

Joriy yilning ilk 3 oyda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning salomatligini tiklashga 1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Bu mablag‘ evaziga O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ularning hayot kechirish sifatini yaxshilash maqsadida 2019 yilning I choragida 980 nafar imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatilgan. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Jumladan, ular nogironlik aravachalari, tibbiy protez-ortopedik va eshitish moslamalari, qo‘ltiq tayoq, xassalar, yurish moslamalari hamda dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi.

Shuningdek, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning salomatlik holatlarini yaxshilash maqsadida statsionarlarda davolanishga, sihatgohlarga va shahar hududidagi klinikalarda bepul davolanish kurslarini olish uchun orderlar topshirildi. Ushbu tadbirlar uchun mablag‘ Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratildi.


Maqola muallifi

Teglar

Xotin-qizlarni va oilani qo'llab-quvvatlash jamoat fondi

Baholaganlar

15

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar