Turkshunos olim Nasimxon Rahmon vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 10 noyabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, professor Nasimxon Rahmonov 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi. 

Nasimxon Rahmon 1984 yili “Kultegin yodnomasi (VIII asr) poetikasi” nomli mavzuda nomzodlik, 1991 yili “O‘rxun-Yenisey yozma yodgorliklari va turkiy eposlar munosabati” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Olim 1993 yilda professor ilmiy unvonini olgan. Nasimxon Rahmon, shuningdek, ikki kitobdan iborat “Oltun yorug‘” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, chop ettirgan. 

Nasimxon Rahmon Turkiyaning Yangi Turkiya strategik tadqiqotlar instituti mukofoti (2017), Ostona shahrida joylashgan Xalqaro turkiy akademiyaning kumush medali (2018) hamda Qozog‘iston xalqlari assambleyasining oltin medali (2020) bilan taqdirlangan.

Nasimxon Rahmonning “Toshga bitilgan kitoblar” (1983), “Inson ruhining sadosi” (1986), “Bitiklar olamida” (1990), “Turk xoqonligi” (1993), “O‘zbekistonning ko‘hna turk-run yozuvlari”, “Madaniyatshunoslik” kabi darslik, qo‘llanma, majmua, monografiya hamda to‘plamlari o‘zbek adabiyotshunosligi hamda turkshunoslik rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi yo‘lida ulkan xizmat ko‘rsatgan tilshunos olim Baxtiyor Isabek (O‘rdabekli) 80 yoshida olamdan o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nasimxon Rahmon adabiyotshunos Turkshunos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar