Turkmanistonda so‘nggi 45 yilda harorat rekord darajaga yetdi

Olam

image

Turkmanistonda so‘nggi 45 yil davomida o‘rtacha harorat 1,6 darajaga oshdi. Bu haqda “Turkmenportal” xabar берди.

Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashishda jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Xususan, iqlim o‘zgarishining suv bilan bog‘liq ofatlarga ta’siri mintaqadagi asosiy tahdidlardan biri sifatida baholangan.

So‘nggi 45 yilda Qirg‘izistonda harorat 1 daraja, Qozog‘iston va O‘zbekistonda 1,4 daraja, Tojikistonda esa 0,7 darajaga oshgan.

Global isishning mintaqadagi eng jiddiy oqibatlaridan biri – muzliklarning erishi va ular o‘rnida muzlik ko‘llarining paydo bo‘lishi. Hozirda Markaziy Osiyoda muzliklar hajmi yiliga 0,2 – 1 foizga qisqarmoqda.

Muzliklarning erishi natijasida muzlik ko‘llarining paydo bo‘lishi ularning yorilib ketishi ortidan sel va suv toshqinlari xavfini oshirmoqda. Bu esa tog‘li hududlardagi aholi, infratuzilma va daryo vodiylarida joylashgan ob’ektlarga tahdid soladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sel, suv toshqinlari va toshqinlar Markaziy Osiyodagi ikkinchi eng katta xavf hisoblanadi. Ayniqsa, mintaqaning eng yirik transchegaraviy daryolari – Amudaryo va Sirdaryo havzalarida bunday tabiiy ofatlar tez-tez kuzatiladi.

2005 yildan buyon suv sathi yuqori bo‘lgan yillar soni 1,2–1,4 baravarga, haddan tashqari yuqori suv sathi kuzatilgan yillar esa 2–2,5 baravarga ko‘paygan.

Shuningdek, so‘nggi o‘n yilliklarda sellar soni ham ortgan. Mutaxassislar sellar takrorlanishini yog‘ingarchilik ko‘p va quruq yillar almashinuvi bilan bog‘liq ekanini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Chimkent shahrida joriy yilning iyul oyida havo harorati 45,2 darajagacha ko‘tarilib, 111 yil avval o‘rnatilgan rekord yangilangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing