“Arqadag‘”ning davri mutlaq tugaydimi? Turkmanistonda saylov bo‘lishi kutilyapti
Olam
−
12 fevral 2022
10784Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Markaziy saylov komissiyasiga navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashni buyurdi.
“Muddatidan tashqari prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlarni olib boring”, degan respublika MSK vakili Prezident Berdimuhamedov Turkmaniston MSK raisi Gulmurod Murodovga qanday topshiriq bergani haqidagi savolga javob berar ekan.
MSK vakili muddatidan oldin saylovlar qachon o‘tkazilishi rejalashtirilgani haqidagi savolga “Hozircha ma’lum emas. Ish endigina boshlandi”, deb javob bergan.
RIA Novostining yozishicha, Turkmanistonda navbatdan tashqari Prezident saylovchi 12 mart kuni o‘tkaziladi.
Avvalroq, Turkmanstonni 15 yildan beri boshqarib kelayotgan prezidentlik qilgan Gurbanguli Berdimuhamedov parlament yuqori palatasi – Xalq maslahati yig‘ilishida o‘z lavozimini yosh rahbarga topshirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. U o‘zida faqat Xalq maslahati raisi lavozimi qoldirmoqchi.
Turkmaniston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq “Arqadag‘”ning o‘g‘li Sardor Berdimuhammedov prezidentlikka da’vogarlik qilishi mumkin. 2021 yilning 10 iyul kuni otasi uni Bosh vazirning moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlagan edi. Bungacha u hukumatda turli yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Ma’ulmot uchun, Turkmanistonni 2007 yildan beri asli kasbi shifokor bo‘lgan Gurbanguli Berdimuhamedov boshqarib kelmoqda. U bir vaqtning o‘zida Vazirlar Mahkamasi raisi, parlament yuqori palatasi raisi va Oliy bosh qo‘mondon hisoblanadi.
LiveBarchasi