Turkmaniston O‘zbekistonga uchayotgan Eron samolyotini ortga qaytarib yubordi

Olam

image

170 yo‘lovchi bilan Toshkentga yo‘lga chiqqan Zagros aviakompaniyasining samolyoti Turkmaniston tomonining talabi bilan ortga qaytdi. Qayd etilishicha, Ashxobod samolyotning Turkmaniston havo chegarlarini kesib o‘tishiga ruxsat bermagan.  

Qayd etilishicha, havo kemasi parvozni davom ettirayotgan vaqtda Turkmaniston tomoni uning o‘z hududi ustidan uchib o‘tishiga berilgan ruxsatnomani to‘satdan bekor qilgan. 

Eron tomoni ushbu hodisani kompaniyaning parvoz uchun to‘lovlarni amalga oshirmagani bilan izohlamoqda. 

Samolyot Eronning Mashhad shahriga kelib qo‘ngan. Shu onda yana bir favqulodda muammo paydo bo‘lgan. Yo‘lovchilarning pasportiga Erondan chiqish muhri bosilgani sabab, ular samolyot bortidan tusha olmagan. 

OAVga ko‘ra, Eron kompaniyalari va hukumatining moliyaviy muammolari AQSHning doimiy ravishda xalqaro bank tizimi orqali Eronga valyuta o‘tkazilishini oldini oluvchi sanksiyalari tufayli kuchaymoqda. 

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 2015 yilda Eron bilan imzolangan yadroviy kelishuvdan chiqib, mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazadigan sanksiyalarni qo‘llagandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Eron Turkmaniston

Baholaganlar

1683

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing