Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini tikladi
Jamiyat
−
23 yanvar 2023
13134Turkmaniston asta-sekin O‘zbekistonga gaz eksportini tiklamoqda. Bu haqda “O‘ztransgaz” AJ matbuot kotibi Tolibjon Rahmatov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21 yanvaridan boshlab, Turkmaniston O‘zbekistonga 4,8 mln kub metr gaz yetkazib bergan. Bugungi kunda bu ko‘rsatkich 12,6 mln kub metrga yetgan.
“Asta-sekin kunlik yetkazib berish hajmi 16 million kubometrgacha oshadi”, deydi Tolibjon Rahmatov.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston sovuq tufayli yuzaga kelgan texnik sabablarga ko‘ra, joriy yilning 12 yanvaridan O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatgan edi.
Turli manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, gaz ta’minotini to‘xtatilishiga “Galkinish” gaz kondensati konining dala ichidagi aloqalarida gidrat hosil bo‘lishi sabab bo‘lgan. Mutaxassislarga ko‘ra, bu qattiq sovuqda sodir bo‘ladi va fors-major holati deya izohlanadi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi