O‘zbekiston Turkmanistondan kompensatsiya talab qilgani rad etildi
Olam
−
08 fevral 2023 7677 1 daqiqa
Turkmanistondagi eng yirik “Galkinish” konida sodir bo‘lgan avariya va O‘zbekistonga gaz yetkazib berish jarayonining to‘xtab qolgani ortidan O‘zbekiston Turkmanistondan kompensatsiya to‘lovi talab qilgani haqidagi xabar asossiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Turkmaniston gaz konida nosozlik sababli yanvar oyining ma’lum kunlarida yetkazib berilmagan gaz uchun O‘zbekiston tomoni Turkmanistondan katta miqdorda kompensatsiya puli talab qilgan mazmunida xabar hech qanday asosga ega emasligi va mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz hamda fuqarolardan bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Turkmaniston tomonidan O‘zbekistonga do‘stona va birodarlik bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida suyultirilgan gaz partiyasi bepul taqdim etilgan edi.
Ta’kidlanishicha, Turkmaniston tomonidan taqdim etilgan suyultirilgan gaz yaqin kunlarda ehtiyojmand oilalarga bepul tarqatiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Galkinish” konida sodir bo‘lgan avariya va O‘zbekistonga gaz yetkazib berish jarayonining to‘xtab qolgani ortidan “Turkmangaz”ning olti nafar mansabdori hibsga olingan edi.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025