Turkmaniston Rossiyadagi fuqarolarini evakuatsiya qilmoqchi – OAV

Jamiyat

image

Ukraina Qurolli Kuchlarining Rossiya hududi, jumladan, Moskvani o‘qqa tutishi ortidan Turkmaniston hukumati o‘z fuqarolari – talabalar va mehnat muhojirlarini favqulodda evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

“Joriy yilning 29 iyul kuni erta tongda Ukrainadan o‘qqa tutilgan rus aholi punktlarida yashovchi o‘z fuqarolarini vaqtincha o‘z vatanlariga qaytishga ko‘ndirish uchun dengiz orqali Milliy xavfsizlik vazirligining 10 nafar xodimi va Ichki ishlar vazirligining 15 nafar xodimidan iborat guruh Astraxanga yetib kelgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Rossiyaning boshqa hududidagi Turkmanistonga qaytishni xohlovchilarni mashinada Astraxanga keltirishadi.

Mudofaa vazirligiga turkman fuqarolarini Astraxandan Turkmanboshiga evakuatsiya qilinadigan ikkita kema tayyorlash topshirilgan. Turkmanboshidan esa ular doimiy yashash joyiga samolyot yoki poyezdda bepul yetkaziladi. Astraxanga kelgan xavfsizlik xodimlari va diplomatlarning bir qismi keyinroq Moskvadagi Turkmaniston elchixonasiga borgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Milliy xavfsizlik vazirligi va Ichki ishlar vazirligi xodimlari o‘q otish qurollari bilan qurollangan.

Hozirda Turkmaniston havo yo‘llari saytida Ashxoboddan Moskvaga chipta sotib olishning imkoni yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing