Turkmaniston Prezidenti o‘g‘lini yangi lavozimga tayinladi
Olam
−
10 iyul 2021
18960Turkmaniston Prezidenti o‘z o‘g‘li Serdar Gurbangulevich Berdimuhamedovni Bosh vazirning moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinladi. Bu haqda Turkmaniston televideniyasining “Vatan” yangiliklar dasturida ma’lum qilindi.
Shu munosabat bilan u Oliy nazorat palatasi va Davlat xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ozod etildi. Davlat rahbari Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining yarim yillik yakunlari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishida tegishli farmonlarni imzoladi.
Kichik Berdimuhamedov buyog‘iga Turkmaniston hukumatidagi moliyaviy-iqtisodiy kompleksni boshqaradi.
Ma’lumot uchun, Serdar Berdimuhamedov shu paytgacha Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, Turkmaniston Oliy nazorat palatasi raisi sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li Serdar Berdimuhamedovni “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan it boquvchi” unvoni bilan taqdirlagandi.
LiveBarchasi