Turkmaniston Prezidenti Qatardagi mundialni stadiondan tomosha qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati o‘yinlaridan birida faxriy mehmon bo‘ldi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Xalifa” stadionining vip sektorida Qatar Amiri Shayx Tamim bin Xamad Al Tani va Serdar Berdimuhamedov bilan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda tomonlar davlatlararo hamkorlik holati va istiqbollarini ham muhokama qilgan.

Shundan so‘ng, stadionda Turkmaniston Prezidenti Qatar Bosh vaziri Xolid bin Xalifa bin Xalid bin Abdul Aziz Al Tani va Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari Janni Infantino bilan uchrashgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri va vitse-prezidenti Shayx Muhammad bin Rashid Ol Maktum, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish tashrif buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

302

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing