Turkmaniston hukumati 1 avgustdan bir oylik ta’tilga chiqadi
Olam
−
13 iyul
4071Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakat hukumatiga 1 avgustdan 1 sentabrgacha ta’tilga chiqishga ruxsat berdi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha “Neytral Turkmaniston” rasmiy gazetasi xabar berdi.
Berdimuhamedov, umuman olganda, birinchi yarim yillikdagi ko‘rsatkichlar qoniqarli ekanini ta’kidlab, barcha vazirlik va idoralar rahbarlariga olti oylik yakunlari bo‘yicha yaqin kunlarda yig‘ilishlar o‘tkazish uchun topshiriq berdi.
“Shundan so‘ng u qishloq xo‘jaligi majmuasi va viloyatlar rahbarlaridan tashqari rahbarlarga 1 avgustdan 1 sentyabrgacha ta’tilga chiqishga ruxsat berdi”, deb yozadi nashr.
Davlat rahbari ta’tilni o‘tgan yillardagidek mamlakatning Avaza, Archman, Yilsuv kurort hududlari va boshqa sanatoriylarida o‘tkazishni tavsiya etdi.
Turkmaniston hukumati an’anaga ko‘ra avgust oyida bir oylik ta’tilga chiqadi. Biroq, masalan, 2018 yilda Prezident hukumat a’zolarini ikki haftalik ta’tilga jo‘natgan.
LiveBarchasi