Turkiyaning yana bir yirik shahriga kuchli zilzila xavf solyapti

Olam

image

Avvalroq, Turkiyaning yirik megapolisi hisoblanuvchi Istanbulda seriyali zilzila davom etayotgani, odamlar orasida vahima boshlangani haqida xabar bergan edik.

Istanbuldagi yer silkinishidan keyin Turkiyaning yana bir yirik shahri Izmirda ham zilzila xavfi mavjudligi ma’lum qilindi.

Geologiya muhandislari palatasi Izmir bo‘limi rahbari Alim Murotxon Istanbuldagi silkinishlardan keyin, Izmir viloyatida zilzila ehtimoli haqida fikr bildirdi. Qayd etilishicha, Izmirda yer qatlamidagi yoriq liniyalarlar Istanbuldagidan ko‘p va ularning asosiy qismi shahar hududidan o‘tgan.

“Izmirda 7 balli zilzilaga sabab bo‘luvchi 13 ta yoriq liniyasi mavjud”, dedi Murotxon.

Bu yorilqarning ko‘pi shahar markazidan o‘tganini ta’kidlagan Murotxon, Istanbul zilzilasi kabi Izmirga ham e’tibor qaratilishi kerakligini aytdi.

“Istanbulda silkinish chiqarishi mumkin bo‘lgan birgina yoriq liniyasi – Shimoliy Anatoliya yoriq liniyasi bor. Izmirdagi 13 ta yoriq liniyasi hozirda aktiv, tirik, zilzilaga sabab bo‘luvchi yoriqlar. Izmir aslida tektonik bir shahar”, dedi Murotxon.

Eslatib o‘tamiz, Istanbulda bir kechada 29 marta yer silkindi. Zilziladan zarar ko‘rgan inshoatlar soni 473 tani tashkil etmoqda. 56 ta maktab devorlarida zilziladan keyingi yoriqlar paydo bo‘lgan. Ularning 14 tasi faoliyati to‘xtatildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul zilzila Izmir

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing